GʻOLIBLAR TAQDIRLANDI
Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda "Tong yulduzi" gazetasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash Toshkent shahridan boshlandi. Tahririyatimizning bir guruh xodimlari Yunusobod tumanidagi 260-umumta'lim maktabi va Ichki Ishlar Vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib, tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alarini tantanali topshirdi.



