Mustaqillik bizga ulkan imkoniyatlar berdi. Zamonaviy maktablar qurildi. Ta’lim sohasida ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Shuningdek, yosh ijodkorlar uchun qulay sharoitlar yaratilib, ijod maktablari ishga tushirildi.

Ko‘plab to‘garaklar turli tanlovlar tashkil qilinmoqda.Ushbu tanlovlarda men ham muvaffaqiyatli ishtirok etdim va bilimimni oshirdim. «Yilning eng iste’dodli yosh shoiri» ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni egalladim. Hozirda «Yosh kitobxon» tanlovida qatnashish uchun bor kuchimni ishga solmoqdaman. Ijodkor kishining o‘z dunyosi bor deyishadi-ku, mening ham bir kichik dunyoim bor. Maqsadim, ustozlarimdan ilm sirlarini o‘rganib, shu kichik dunyoimni kengaytirish hamda ijodimni boshqalar bilan bo‘lishish. 
Mustaqillik bergan bu imkoniyatlar bizni yuksaltirdi. Biz to‘xtab qolmaymiz, aksincha, ilhomlangan holda yo‘lda davom etamiz. Zero, Yangi O‘zbekistonni qurish biz yoshlarning qo‘lida.

Madinabonu TURSUNOVA,
Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi 179-umumta’lim maktabining 7-«B» sinf o‘quvchisi