Farg‘ona viloyatining eng olis va chekka qishlog‘idagi maktabda kutubxonachi bo‘lib ishlayman. Sizlarga maktub yozishga undagan narsa shu bo‘ldiki, bizning o‘quvchilarimiz bilimga chanqoq. O‘quvchilarimizning ijod namunalari bolalar nashrlarida doimiy chop etiladi. «Tong yulduzi» gazetasida e’lon qilinadigan tanlovlarda faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishyapti.

Shuningdek, o‘quvchilarimizning kitobsevarligi meni xursand qiladi. Kutubxonamizda barcha sharoitlar mavjud. O‘quvchilar darsdan keyin qolib, bemalol mutolaa bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Ularni kitobga qiziqishlarini oshirish maqsadida turli tadbir va tanlovlar o‘tkazib boramiz. Jumladan, yaqinda «Eng faol kitobxon» tanlovini o‘tkazdik. Ushbu bellashuv natijalariga ko‘ra, 7­«A» sinf o‘quvchisi Kamron Ikromaliyev «Kutubxona qiroli», 10­«A» sinf o‘quvchisi Mohinur Dehqonova «Kutubxona qirolichasi» nominatsiya g‘olibi bo‘lib, maktab rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Maktabimiz rahbari Bahriddin Yormatov ham o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan talabini doimo nazorat qilib turadi. Turli­tuman tadbirlar – suhbatlar, tanlovlar o‘tkazishga bosh­qosh. Ustozlarning ham kitob o‘qishga ishtiyoqi juda balandligi o‘quvchilarga ibrat bo‘lmoqda. Men yosh avlodni tarbiyalashga o‘z hissamni qo‘shayotganimdan faxrlanaman.

Fariza AHMEDOVA, Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanidagi 27-umumta’lim maktabining kutubxonachisi