Dolzarb mavzular va ularga sharhlar

Ayni kunlarda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganli­gining 32 yilligi yurtimizda keng tantana qilinyapti. Jumladan, poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 22-umumta’lim maktabida ham ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Feruza Olimjonova hamda Gulmira Normatova rahbarligida «Til – millat g‘ururi» nomli tadbir o‘tkazildi.
Unda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi Bosh muharriri Salim Ashur hamda «Tong yulduzi» gazetasi tahririyati xodimlari ishtirok etishdi. Sevimli shoirimiz ona tilimizni asrab-avaylash, rivojiga hissa qo‘shish lozimligini ta’kidladi. O‘z navbatida so‘z olgan «Tong yulduzi» gazetasi xodimlari ham ong-u shuurimizga ona allasi orqali singib borgan ona tili­mizning sofligini asrash, nufuzini oshirish shu yurtda yashovchi har bir insonning sharafli burchi ekanligini ta’kidlashdi. Tilga xiyonat, demakki, elga xiyonat qilganlar oqibatda, afsus-nadomat chekishlarini, hayot yo‘llarida ko‘p qoqilishlarini hayotiy misollar orqali tushuntirib berishdi. 
– 5-sinfda o‘qiyotganimda, «Tong yulduzi» gazetasida ilk she’rim chop etilgan. Keyin ketma-ket maqolalarim ham gazeta sahifalari­dan o‘rin ola boshladi, – dedi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-kurs talabasi Yoqutxon Sodiqjonova. – O‘shanda buvimga Toshkentga olib boring, tahririyat xodimlari bilan tanishtiring, deya xarxasha qilganman. Qo‘qon shahridagi 22-umumta’lim maktabini a’lo baholarga tugatib, o‘tgan yili O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy axborot kommunikatsiyalar universitetiga o‘qishga qabul qilindim. Bugungi uchrashuvga taklif etilganimdan nihoyatda mamnun bo‘ldim. 
Tadbir ishtirokchilariga «Ona tilini puxta bilasizmi?» mavzusida viktorina savollari berildi. To‘g‘ri javob bergan faol o‘quvchilarga shoir Salim Ashur dastxati qo‘yilgan she’riy to‘plamlar hamda «Tong yulduzi» gazetasi xodimlari tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.

Nodira NAZAROVA.
Zuhra NISHONOVA olgan suratlar

Ko'rish
AGAR SOG‘L...
Aziz o‘quvchim! Siz har kuni maktabga borasiz, ustozlaringiz saboqlaridan bahramand bo‘lasiz. Tanaffusda sinfdoshlaringiz bilan qizg‘in suhbat qurasiz, yugurib-yelib o‘ynaysiz,...
Ko'rish
UMRIBOQIY...
«Bir daqiqa vaqtni behuda o‘tkazganim – halok bo‘lganim», degan ekan buyuk alloma. Gap kim haqida borayotganini anglagan bo‘lsangiz, ajab emas. Beruniyning dengi...
Ko'rish
BO‘LAR BOL...
Farzandning kamolga yetishida oilaviy muhit, ota-onaning unga bo‘lgan e’tibori muhim o‘rin tutadi. Xalqimizda: «Bo‘lar bola boshidan», degan gap bor. Mohinabonu Fot...
Sharh qoldirish
  1. Pick the yellow peach that looks like a sunset with its red, orange, and pink coat skin, peel it off with your teeth. Sink them into unripened...

    1. Pick the yellow peach that looks like a sunset with its red, orange, and pink coat skin, peel it off with your teeth. Sink them into unripened...

  2. Pick the yellow peach that looks like a sunset with its red, orange, and pink coat skin, peel it off with your teeth. Sink them into unripened...