
(A.Xudoyberdiga)
Malhamdir el dardiga,
Quloq tuting pandiga,
Oʻzbekning chin mardiga-
Amir Xudoyberdiga.
Muqaddasdir qozoni,
Oʻchoq, qora qumgʻoni,
Ajdodlarning qoʻrgʻoni,
Amir Xudoyberdiga.
Yoʻlida Xizr koʻrgan,
Ilyos yoʻlini ochgan,
Bilsangiz Xudo bergan,
Amir Xudoyberdiga.
Ismi botiniga mos,
Odamiylik unga xos,
Yarashar “Oltin meros”,
Amir Xudoyberdiga.
Bitsak qissayu roʻmon,
Shaʼniga sheʼru doston,
Kam erur mingta unvon,
Amir Xudoyberdiga.
✍️ MUXTOR PARDAYEV