Barchamizga ayonki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Is’hoqxon Ibrat nomi abadiylashtirildi.
Ko‘cha va maktablarga Ibrat nomi berilishi, Is’hoqxon To‘ra Ibrat maktabi, muzeyi ochilishi kabi ishlar shular jumlasidan. Umumta’lim maktablarida ham ­uning hayot-ijodini o‘rganish, ommaga targ‘ib qilish ishlari izchil ketmoqda. Xususan, Bo‘stonliq tumanidagi 20-umumta’lim maktabida 5-«V» hamda 5-«G» sinfining yosh iqtidorli o‘quvchilari ishtirokida Is’hoq­xon Ibrat tavalludining 160 yilligi munosabati bilan «Ibratning ibratli hayoti» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil qilindi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan ma’rifatparvar adib hayot faoliyati haqida ma’lumot berilib, uning g‘azallari yod olindi. Ma’rifatga, ilmga qo‘shgan hissasi va uning ahamiyati haqida chiqishlar qilinib, Is’hoqxon Ibratning ta’lim tizimiga olib kirgan yangiliklari, yangicha o‘qitish tizimi haqida sahna ko‘rinishi namoyish etildi. 
Zura SAYFULLAYEVA