Geografiya faniga qiziqqanim bois, tabiiy boyliklarimizning hosil bo‘lish jarayoni haqida o‘qibo‘rgandim. Ma’lumotlarga ko‘ra, elektr-energiyasi dastlab suvdan, keyinchalik neft, gaz, ko‘mir kabilarni yoqish orqali olingan ekan. Atom elektr stansiyasida esa uran yoqilg‘isini yoqish orqali bu ne’mat hosil qilinadi. Dunyodagi ba’zi davlatlarda esa shamol, quyosh quvvatidan olinadigan bu ne’mat xonadonlarga yetib kelgunicha qanchaqancha insonlar mehnat qilishlarini tasavvur qilish qiyin emas.

Bugungi kunda turli texnika vositalaridan har kuni foydalanamiz. Ularni esa elektr-energiyasisiz qo‘llay olmaymiz. Shu bois, doimo me’yorga amal qilib, har bir ne’matdan unumli foydalanish biz uchun ham qarz, ham farzdir. Men yangi o‘quv yili boshlanganida maktabimizning yoshlar yetakchisi bilan birgalikda Xalqaro elektr-energiyasini tejash kuni munosabati bilan viktorina o‘tkazishni rejalab qo‘ydim. Maqsadim, barcha tengdoshlarimni tabiiy boyliklarni asrashga chorlashdir. Men boshqa maktab sardorlari-yu faol do‘stlarimga ham shunday taklif bildirgan bo‘lar edim. Toki, mamlakatimizning tabiiy boyliklari kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymaylik!

Sarvar XOLDOROV, Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi 10-umumta’lim maktabi o‘quvchisi