«ONAJONIM TABIAT» tanloviga

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, ona tabiatning ne’matlarini qachon taniy boshlaganmiz? To esimizni tanigunga qadar, sevimli yozuvchimiz Oybek ta’riflaganidek, tuprog‘ida oltin gullaguvchi ona yerimizda yetishtiriladigan mevalarni yeganmiz, sharbatlarini ichganmiz, poliz ekinlari-yu sabzavotlarni sevib iste’mol qilganmiz. Ba’zan xorijiy mevalarni maqtab yeyishlarining guvohi bo‘laman. Ammo men Ona yurtimiz mevalarini hech qaysi davlat mevalariga alishmayman.

Kumush ABDULQAYUMOVA,
poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 206-umumta’lim
maktabining 3-«A» sinf o‘quvchisi