Ko‘pchiligimiz uy tozalashni zerikarli va ko‘p vaqt oladigan mashg‘ulot deb hisoblaymiz. Biroq ba’zi usullar borki, ular ushbu jarayonni ancha yengillashtiradi. 

GILAMDAGI KIR DOG‘INI KETKAZISH UCHUN…
Osh sodasini biroz suv bilan aralashtirib, pasta hosil qiling va uni gilamning kirlangan joyiga suring. Kechasi bilan shu holda qoldirib, ertasi kuni changyutgich bilan tozalab olishingiz mumkin. Yana bir usul: gilamdagi dog‘ga suv (2/3) va sirka (1/3) aralashmasini suring. So‘ng, o‘sha joyni ho‘l latta bilan yopib, ustidan dazmol yugurtiring.

CHARMDAN QILINGAN JIHOZ ESKIRIB QOLGAN BO‘LSA…
Uni poyabzal uchun mo‘ljallangan oddiy krem yordamida ishqalab artib chiqing. Ana shunda tirnalishdan hosil bo‘lgan izlar shu zahotiyoq yo‘qoladi.

KO‘RPA-TO‘SHAKLARNI TOZALASH UCHUN…
Purkagichi bor idishga biroz spirt soling va uni to‘shakning butun yuzasiga sepib chiqing. To‘shakni ochiq havoda quriting. Spirt yoqimsiz hid taratadigan barcha bakteriyalarni o‘ldiradi.

IDISH-TOVOQ YUVUVCHI GUBKANI TOZALASH UCHUN…
 Gubkani mikroto‘lqinli pechga bir necha daqiqaga qo‘yib oling. Bu zararli bakteriyalarning 99 foiz yo‘q bo‘lishiga yordam beradi.

YOG‘LI DOG‘NI KETKAZISH UCHUN…
Kiyimingizga yog‘ tomsa, o‘sha joyga oddiy oq bo‘rdan suring. Bo‘r izini nam latta bilan artib tashlang. 

YUMSHOQ MEBELNI TOZALASH UCHUN…
Divan yuzasiga spirtli aralashmani seping va yumshoq gubka bilan artib chiqing. Shundan so‘ng, qolgan kirni ketkazish uchun qattiq cho‘tkadan foydalaning.

NARGIZA tayyorladi