Kerakli mahsulotlar: 4-5 ta qovoqcha, 300 gramm qiyma, 1 dona kartoshka, 1 dona piyoz, 1 dona tuxum, yarim stakan un, tuz.
Tayyorlanishi: qovoqchalar, kartoshka, piyoz tozalanib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Suvi silqib olingach, ustiga qiyma, un, tuxum, tuz solib aralashtiriladi. So‘ngra, kotlet shakliga keltirilib, gazda pastroq olovda ikki tarafi qizartirib olinadi.