Bug‘doy yormasini tayyorlashdan oldin bir necha marta yuvsangiz, pishirishda yumaloq bo‘lib qolmaydi.
* * *
Baliqning tangachalarini suv tagida tozalash osonroq.
* * *
Yaxshi pishmaydigan go‘shtni sho‘r suv, kvas, sirka yoki qatiq solib ivitib qo‘ysangiz, yumshoq bo‘lib pishadi.

Qovurishdan oldin xom go‘shtga o‘simlik yog‘i surib qo‘ysangiz, chiroyli bo‘lib pishadi.
* * *
Oldindan sovutilgan tuxum oqi yaxshi ko‘piradi. Sarig‘ini esa ishlatishdan oldin xona haroratida sal isitib oling.
* * *
Limon kislotasi guruchni oppoq va dona-dona qiladi.
* * *
 Xamirning ichidagi mayizlar bir tekisda joylashishi uchun ishlatishdan oldin uni issiq suvda yuving va un seping.

NARGIZA tayyorladi