Bilasizmi, vitaminlarga boy sabzavotlardan ajoyib salat tayyorlash mumkin. Bugun sizlarga ana shunday salat tayyorlashni o‘rgatamiz.

Kerakli masalliqlar: 4 dona bodring, 2 ta baqlajon, 3 ta pomidor, yarim bog‘ ko‘k piyoz, 2 dona bulg‘or qalampiri, kichik piyolada qizil sabzi salati, ozgina yog‘ va soya kerak bo‘ladi. Tayyorlash usuli: avvalo, chuqurroq tovada go‘shtni bir oshqoshiq soya yog‘i bilan qovuriladi, pishishiga yaqin somoncha shaklida to‘g‘ralgan baqlajon solib dimlanadi, so‘ngra ketma-ketlikda bulg‘or qalampiri, pomidor solinadi. Ular yetilgunga qadar tog‘orachada somoncha shaklida bodring to‘g‘rab, qizil sabzili tayyor salat solinadi. Ko‘k piyoz ham yirikroq to‘g‘ralib, tuz solib aralashtiriladi. Keyin barcha masalliqlar aralashtirilib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!