Axir ruhshunoslarning aytishicha, har bir bolada qaysidir sohaga iste’dod bo‘lishi mumkin. Hamma gap uni yuzaga chiqara olishda ekan. O‘zingizdagi qobiliyatni aniqlash uchun turli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib ko‘rish lozim. Ma’lum bo‘lishicha, bunda kichik muvaffaqiyatlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Shuningdek, bu borada bizga atrofmizdagi insonlar ham yordam berishlari mumkin. Masalan, ustozlar ko‘pincha bizga qaysi fanga layoqatimiz borligi haqida aytishadi. Ana endi barchasini jamlab, qay bir mashg‘ulot bilan shug‘ullanishni ko‘proq istayotganingiz va uni tez o‘rgana borayotganingizni bilib oling. Zero, inson qaysi ishni maroq bilan bajarsa, unga layoqati borligi, shubhasiz.

Kamola MIRZAYOROVA,
O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti
talabasi