«OSIYО О‘YINLARI» TOPQIRLIK MASHQLARI


Belgilangan xonadan raqam atrofga: 1. Raketka bilan o‘ynaladigan sport. 2. XVIII Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan shaharlardan biri. 3. Kimo‘zar musobaqasi. 4. Stadionning futbol o‘ynaladigan sathi. 5. Brusda mashq qilish sporti bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining ikki bor bronza medaliga sazovor bo‘lgan vatandoshimiz. 6. Chopuvchilar jamoasining bir­biridan ma’lum masofada turgan a’zolari tayoqchani bir­biriga yetkazib o‘tkaziladigan bahs. 7. Suv sporti. 8. Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan taniqli o‘zbek futbolchilaridan biri, murabbiy. 9. Yengil atletikada tortilib ko‘tarilish anjomi. 10. Odatda uchinchi o‘rinni egallagan sportchi sazovor bo‘ladigan medal. 11. Bir tizzada turib olib, erkin holdagi qisqa eshkak bilan boshqariladigan yengil sport qayig‘i. 12. O‘zbekiston Respublikasi Osiyo o‘yinlarida ilk bor ishtirok etgan musobaqalar bo‘lib o‘tgan shahar. 13. Osiyo o‘yinlarida ishtirokchilari oltin medallarga eng ko‘p sazovor bo‘lgan mamlakat. 14. Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilgan XVII Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan ayollarimizdan biri. 15. XVIII Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan milliy sportimiz. 16. Gimnastika mashqlari anjomi.17. Hal etuvchi eng so‘nggi musobaqa. 18. Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan, sharni dumalatish orqali nishonlarni urib tushirish sporti. 19. Kurashning samarali milliy usullarini qamrab olgan turi. 20. Suvga sakrash sportida uzoqqa va balandga sakrash moslamasi. 21. Poyga musobaqasining boshlanish payti. 22. Erishilgan eng yuqori natija. 23. Notekis, yo‘lsiz joyda o‘tkaziladigan poyga. 24. Osiyo o‘yinlari 1951­-yilda, birinchi bor o‘tkazilgan davlat.                                                            TOPSHIRIQ. Shakl atrofdagi shartli tasvirlardan Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan to‘rtta sport turini aniqlash bilan topshiriqni hal eting.


Tuzuvchi: Foziljon ORIPOV