Bir parcha qog‘ozga yozilgan
noma bizning qanday fe’l-atvorga
egaligimizdan darak berarkan.
Keling, buni amalda sinab ko‘ramiz.


Agar so‘zlar orasida bo‘sh
kataklar ko‘p bo‘lsa
– bu
inson yolg‘izlikdan qiynalmoqda.
Zudlik bilan do‘stlar orttirishga
harakat qiling.


Tartibsiz yozuv – o‘zini nazorat
qila olmaslik.


Juda mayda yozuvlar – o‘ziga
ishonmaslik, ehtiyotkorlik.


Uzun-uzun harflar bilan
yozish
– mard va qobiliyatli
inson, yana bu yozuv sohiblari
adabiyotga o‘zgacha mehr
qo‘ygan bo‘lishadi.


Semiz harfli yozuv – qo‘li
ochiqlikdan darak.


Raqamlarga o‘xshash
yozuvlar
– o‘qimishli, sabrli
insonlar.


Varaqqa ko‘p siyoh tomizib
yozish
– bunday insonlar
kutilmagan, ajoyib ishlarni
bajarishga rag‘bati kuchli, shu
bilan birga, tashkilotchi hamdir.


Harflardagi belgilarni
qoldirib yozish
– erinchoq
va o‘ziga nisbatan bee’tibor
kishilardir.


Ilgaklarni gajakli qilib
yozadigan insonlar
– tez
va oson qaror chiqaradilar.
Birovlarning ustidan nazorat
qilishni yoqtiradilar, qonunqoidalarga amal qiladigan,
optimist insonlar.


Yirik-yirik yozuv egalari
san’at shaydolari, o‘ta saxiy va
ko‘ngilchan insonlar.


Ilgaklarni uzun tushirish
xursandchilikni yoqtiradigan
insonlar.


O‘ng tomonga og‘dirib
yozadigan insonlar
– faol
hayot kechirishadi, orzularga boy.


Chap tomonga og‘dirib
yozadiganlar
– aniq qadamni
qo‘ya olmaydigan, puxta
bo‘lmagan insonlar.


Yuqoridagi ma’lumotlar bir taxmin, xolos. Odamning fe’li yechilmagan jumboqdir. Nima bo‘lganda ham siz bexato va chiroyli yozishga harakat qiling.


Internet manbalari asosida
ODINA tayyorladi