1. Shvetsiyadagi antiqa muz mehmonxonasi jazirama o‘lkalardan kelgan sayyohlar uchun zavq bag‘ishlashi aniq. Ushbu muz xonalarni butun dunyodan tashrif buyurgan rassom va haykaltaroshlar yaratdi. E’tiborlisi, u yerdagi barcha jihozlar muzdan yasalgan.

2. Keniyaning Nayrobi shahrida joylashgan antiqa mehmonxona nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham ajoyib onlarni tortiq etadi. Bu yerda tabiat qo‘ynida, jirafalar bilan birgalikda kun-u tuningizni maroqli o‘tkazishingiz mumkun

3. Ertaklar olamiga tushib qolishni istaysizmi? Unda Chilidagi Uilo-Uilo qo‘riqxonasida joylashgan tog‘ uychasiga tashrif buyuring. U yerga siz osma ko‘prik orqali yetib borasiz. Bu sayohat sizga unutilmas onlarni hadya etadi, ishonavering.

 

4. F i d j i orolidagi suv ostidagi mehmonxonada siz dengiz jonivorlarini tomosha qilishingiz va bundan zavq olishingiz mumkun.

 

Internet manbalari asosida NIGORA tayyorladi