Tuxumning oqini uning ikki tomonidan igna
bilan teshib ajratib olsa bo‘ladi. Tuxumning
sarig‘i esa ichida qoladi.
* * *
Po‘sti bilan qaynatilgan kartoshka ezilmasin
desangiz, uni bir-ikki joyidan teshing.
* * *
Qovurilgan kartoshkaning ta’mini yaxshilash
uchun unga 1 choyqoshiq xantal qo‘shing.
* * *
Parranda go‘shtini qovurishdan biroz oldin
tuzli suv sepsangiz, yanada mazali bo‘ladi.
* * *
Muzlatilgan baliqni tezroq eritmoqchi
bo‘lsangiz, plastik paketdagi iliq suvga solib
qo‘ying.
* * *
To‘yimliligi va ta’mini saqlab qolish uchun
loviya qaynab chiqqanidan keyin suvini
to‘kib, yana boshqa suv va o‘simlik yog‘i solib
qaynating.
* * *
Baliq bo‘laklari yoyilib ketmasligi uchun
qovurishdan oldin tuz seping, unga yaxshilab
belab oling va qizigan yog‘ga soling.
* * *
Archilgan olmalar qoraymasin desangiz,
ularni tuzli sovuq suvga solib qo‘ying.
* * *
Ko‘pchigan xamir yanada oshib ketmasligi
uchun qog‘ozni ho‘llab, silkitib tashlang va
xamirni o‘rab qo‘ying.
* * *
Qayladagi qaymoq yumaloqlanib qolmasin
desangiz, ishlatishdan oldin uni ozroq sut
solib suyultiring.