Erta tongda nonushtaga nima tayyorlasam ekan, deya o‘ylanayotgan kichik bekalarimizga bugungi tavsiyamiz juda asqotadi, degan umiddamiz.

Kerakli masalliqlar: 1 piyola guruch, 3 dona tuxum, 30 gr qattiq pishloq, 3 dona sosiska, chorak bankada konservalangan jo‘xori, ko‘katlar. Tayyorlanishi: 1 piyola guruch pishirib olinadi. So‘ng, tovaga solib, bir tekisda yoyiladi. Keyin 3 dona tuxum chaqib atalanadi va ustidan solinadi. Shundan so‘ng, 5-10 daqiqaga idish qopqog‘i yopiladi. 3-4 ta sosiska o‘rtacha kattalikda to‘g‘raladi. Keyin sosiska va jo‘xori solinib, ustidan pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi va 10 daqiqa dimlanadi.
Likopchalarga kesib solingan taom usti shivit yoki kashnich bilan bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!

NARGIZA tayyorladi