Quyida ta’riflangan nomlar badiiy ijodga oid bo‘lib, «on» so‘zi bilan tugallanadi. 1.Atoqli o‘zbek adibi, «Kecha va kunduz» romani, «Xalq» she’ri muallif. 2.Sharqning mumtoz shoiri, mutafakkir Sa’diy Sheroziyning mashhur asari. 3. XVIII asr oxiri, XIX asr boshlarida yashab o‘tgan otashin ingliz shoiri. 4. O‘zbek shoiri Usmon Nosir
qalamiga mansub dostonlardan biri. 5. Taniqli Amerika yozuvchisi, «Hayotga muhabbat» asari muallif. 6. Yirik nazmiy asar. 7. Turk adibi Rashod Nuri Guntekin yozib qoldirgan «Choliqushi» romani qahramoni. 8. Arab yozuvchisi, publitsist va olim, Markaziy Osiyoda VII–VIII asrlarda bo‘lib o‘tgan voqealar bayon etilgan «Farg‘ona kelini» romani muallif. 9. Sharq mumtoz adabiyotiga xos she’riy topishmoq. 10. Tog‘ay Murodning «Oydinda yurgan odamlar» qissasi qahramoni. 11. Abdurauf Fitrat qalamiga mansub dramalardan biri. 12. O‘zbekiston xalq shoiri
ismi sharifdan Xurshid ... . 13. Ingliz adibasi Agata Kristi romani.


Tuzuvchi: Foziljon ORIPOV