Dolzarb mavzular va ularga sharhlar

O‘zbekistonda yagona bo‘lgan Samarqand shahridagi 64-sonli alohida saqlash sharoitlari, tarbiya va ta’limga muhtoj o‘g‘il bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida og‘ir xulq-atvorga ega, uzoq muddat hisobda turgan, xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan, biroq jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetmagan, 11–16 yoshdagi voyaga yetmagan bolalar tahsil oladi. 12 yoshli Elmurod Mirzayev shu yil aprel oyida Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 237-umumta’lim maktabidan mazkur dargohga keltirilgan. Sababi, u maktabda tez-tez dars qoldirgan, o‘quv jarayoni vaqtida o‘qituvchilarga halal berib, sinfdoshlari bilan janjallashgan va urishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bu yerda axloqsizligi uchun achinarli holda jazolangan. Mazkur holat ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Xalq ta’limi vazirligi xodimlari tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. Biz esa siz bilan masalaning boshqa tomonini muhokama qilmoqchimiz. Zero, bu ayanchli voqeadan nafaqat rahbar yoki mutasaddi xodimlar, balki siz ham kerakli xulosa chiqarishingiz lozim. Ushbu maxsus maktabda shart-sharoit qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, u yerga borishni hech qaysi aqli raso bola istamaydi. Shu bois, bugun barchangi ushbu voqealardan saboq chiqarib, oqibat ana shunday ko‘chalar-u maskanlarga eltadigan yo‘llardan yurmasligingizni istaymiz. Do‘stingiz bilan arzimas narsa ustida tortishib qolganingizda, unga «kuchingizni ko‘rsatib qo‘yishdan» avval bir zum mulohaza qilib, ko‘z oldingizga boshlamoqchi bo‘lgan mushtlashuvingizning oqibatini keltiring! O‘z-o‘zingizni boshqarishda, irodali bo‘lishingizda esa sizga sport katta yordam beradi. O‘qiga kitoblaringiz, ertaklaringizdagi qahra monlarni eslang, ular muammoni hal etish uchun bilagidagi kuchini emas aql-idrokini ishga solishgan. Johil yoki nodonlar bilan tortishmay, masalan donolarcha hal etishgan. Bu sizning ham qo‘lingizdan keladi. Raqibingiz esa sizda boshqacha munosabat kutgani uchun ham mot bo‘ladi-qo‘yadi. Aslida bugun orangizda shunday yo‘l tutadigan, bilim va tafakkurli, iqtidorli o‘quvchilar talaygina Biz esa barcha-barchangizni shunday bo‘lishingizni istaymiz. Qolaversa, ba’zi jizzaki bolalarga «Siz ham to‘g‘ri yo‘lda boring», deymiz.


Sayyora QODIROVA