Dolzarb mavzular va ularga sharhlar

Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi Axborot-kutubxona markazining ishga tushganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Zamonaviy ko‘rinish kasb etgan ziyo maskani bugungi kunda yosh-u keksalar ixtiyorida. 
Kuni kecha kutubxonada «Til – millat ko‘zgusi» deb nomlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolaridan Shukrullo Abdullayev, Dilshod Rajab va Nabijon Ermat taklif etilgan tadbirda 133- hamda 11-umumta’lim maktablarining kitobxon, faol yoshlari ishtirok etishdi. 
Adiblarimiz o‘zbek tilining jozibadorligi, tarixi va uning jahon miqyosida tutgan o‘rni haqida gapirib berdilar. Eng faol kitobxonlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taqdim etilgan yangi kitoblar bilan taqdirlandi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori Mehmonali Salimov o‘zining dilbar qo‘shiqlari bilan barchani xushnud etdi.
Nargiza RAHIMBERDIYEVA, 
Olmazor tumani Axborot-kutubxona markazi direktori