Bosh sahifa | Biz haqimizda | Arxiv | Qayta aloqa



test

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo



Hosting by UZINFOCOM

   YANGILIKLAR
Faxr
«HAR KIMDAN FIKR O‘RGANDIM»
12 Aprel 2012 11:24

Amir Temur:

Siz, bolalar, bugun yirik davlat asoschisi, ilm-fan homiysi, buyuk bunyodkor hazrat Sohibqiron Amir Temur va u zotning shavkatli avlodlari tarixini yaxshi o‘rganasiz. Ularning bevosita aralashuvi va ta’siri, sa’y-harakati barobarida yaratilgan ilmiy, madaniy va ma’rifiy meros beqiyos, katta ahamiyatga ega. Shu narsani esda yaxshi saqlab qolingki, aziz bolalar, o‘zbek davlatchiligi tarixining ana shu davrida bobomiz nafaqat o‘zimizda, balki Eron, Ozarbayjon, Hindiston, hozirgi Pokistonda fan, madaniyat va maorif sohasida yangi ko‘tarilish – Uyg‘onish davrini boshlab bergan edi. Bu davr 500 yilni tashkil etishini hisobga olsak, uni o‘rganish katta bilim, tajribani, sabr-toqatni talab etadi.

to`liq
21 marta o`qilgan
NAVRO‘Z – MANGU QO‘SHIQ
30 Mart 2012 15:52

Qadimiy bahoriy bayram Navro‘zni xalqimizga qaytarib bergan va uni e’zozlab nishonlanishiga rahnamolik qilayotgan Yurtboshimiz:  «Navro‘z ruhi, Navro‘z falsafasi bilan hamohang bo‘lgan o‘lmas sharqona qadriyatlarni necha-necha asrlar davomida bezavol asrab-avaylab, saqlab kelayotgan xalqimizga har qancha tasannolar aytsak arziydi», degan so‘zlari ayni haqiqatdir.

Darhaqiqat, Navro‘z – xalqimizning eng qadimiy va e’zozli bayrami. U shu ko‘hna zaminda bir necha ming yillardan beri keng nishonlab kelinadi. U yilning Yangi kuni boshlanishini bildirib, Quyoshning Hamal burjiga kirish kunini anglatgan. 21-martda kun va tun uzunligi tengma-teng bo‘ladi. Tabiat yanada yasharib, insonlarga o‘zining butun borlig‘ini hadya etganday, go‘yo.

Xalqimizning e’zozli adibi, o‘zining «Qissasi Rabg‘uziy» asari bilan turkiy nasr adabiyotini boshlab bergan Nosiruddin Rabg‘uziy bundan 700 yil muqaddam qayd qilganidek:

Kun hamalga kirdi ersa, keldi olam Navro‘zi,

Kechdi bahman zamharir qish qolmadi qori buzi.

to`liq
26 marta o`qilgan

Tinchliging – hurliging
BOYCHECHAK AYYOMI
12 Aprel 2012 11:29

Poytaxtimizning Hamza tumanidagi 206-maktabning 3-«G‘» sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan «Boychechagim, boychechak» deb nomlangan bayram dasturi  yig‘ilganlar qalbiga o‘ziga xos bayram shukuhini ulashdi.

to`liq
15 marta o`qilgan
GULLAR SOCHIB QUTLAGAN ZAMIN
30 Mart 2012 16:11

Bu yil qor yili bo‘ldi. Ko‘kning qor elashdan boshi chiqmadi. Toshkentdan Surxonga safar qilgan kunimiz ham qor yog‘di. Garchi bahor bayrami yaqinlashib qolgan bo‘lsa-da, Qashqadar­yo­ning dasht-u dalalari oppoq qorlar bilan yastanib yotardi. Termiz shahriga kirib borganimizda, go‘yo boshqacha bir olamni kashf etgan­dek bo‘ldik. Surxonning qaynoq mehriga mahliyo bo‘lib, bodomlarning qiyg‘os gullaganiga havasimiz keldi. Allaqachon g‘izillab bol tashishga tushgan kuyunchak bolarilarning betinim chopqil­lashlari qalbimizda ba­horga nis­ba­tan ishtiyoq uyg‘ot­di. Bahorni sog‘i­nib qolganimiz bilindi. Anhorlar bo‘yida alla­qa­chon chiqishga ul­gur­gan yalpizlarning isidan go‘yo sarxush bo‘ldik. Dalalarda qizg‘in ish boshlanib­di. Trak­tor­larning guril­lab yer tekis­layot­gani-yu deh­qonlarning shosha-pisha yer chopishi, bobolarning «vaqting ketdi – naqding ketdi» degan maqolini yodga soldi. Chindan ham vaqt hech narsani kutib o‘tirmaydi. Bodomlarning qiyg‘os gulla­gani bahorning janubdan yurtimizga tashrif buyurganining nishonasi edi. Safar davo­mida voha­ning adabiyotga ixlosi baland she’riyat shaydolari bilan yuzlashishdik.

to`liq
26 marta o`qilgan

Kattalar, e`tibor bering!
OCHIQ DARSDA QIZIQARLI MATEMATIKA
12 Aprel 2012 11:33

Ustoz Gulnora opa qiziqarli masalalar yordamida yosh matematiklarning  bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. 

– Ikkinchi hadi  beshga, sakkizinchi hadi o‘n beshga teng bo‘lgan arifmetik progressiyaning beshinchi hadini toping.

– Beshinchi hadi  o‘nga teng, – javob berdi  Dilobar.

– Noto‘g‘ri, to‘qqizga teng, – bo‘sh kelmadi Jamshid.

– Yo‘q, 12,5 ga teng, – bilag‘onlik qildi Maftuna.

to`liq
41 marta o`qilgan
O‘G‘LIM HASHARGA CHIQDI
30 Mart 2012 16:03

Ertalab choy ichib o‘tirgandik. Ko‘chadan Sangin buvaning yangragan ovozi eshitiladi. «Eshitmadim demanglar, ertaga hamma hasharga, katta ariqni buloq boshidan tozalab kelamiz». Anchadan buyon ayolim bilan bir joyga borishni o‘ylab yuruvdik. Oxiri shu dam olish kuniga belgiladik. Hasharga chiqmaslik qo‘ni-qo‘shni oldida noqulay. Keyin Sangin buvaning g‘alati fe’li bor. Davralarga aralashmaydigan odamlarga doimo tanbeh berib turadi.

Onasi choy uzatarkan, asta so‘radi:

– Keyingi hafta boraqolarmiz, harqalay suv ichadigan arig‘imiz.

– Safar qolib ketadigan bo‘ldi-da, – dedim ensam qotib.

– Hasharga men chiqsam-chi, – dedi bu yil maktabni bitirayotgan o‘g‘lim.

– Senga bu ishlar og‘irlik qiladi, Azamat, – dedi onasi o‘yga tolib. – Hashar har gal ertalabdan kechgacha cho‘ziladi.

to`liq
28 marta o`qilgan

Hikoya
QORAQULOQ
12 Aprel 2012 11:42

Uyimiz katta yo‘lning yoqasida. Ko‘cha darvozamizning chap tomonida kichkina jinko‘cha bor. Undan ichkarilab borsangiz, avval ekinzor dala, keyin esa katta sayhonlik keladi. Nimagadir u joyni Hayot deyishadi. O‘sha joyda kim varrak uchirgan, kim chorcho‘p o‘ynagan. Futbol o‘ynayman, desangiz, maysalar bilan qoplangan keng-mo‘l maydon. Lekin bitta chatoq joyi bor. Maydonning shundoq biqinida Halima xolaning hovlisi joylashgan. Devorlariga koptok tegishi bilan chiqib, hammamizni quvib soladilar. Biz ham tutqich beradigan anoyi emasmiz. Ammo xolaning Qoraquloq laqabli echkilari bor. Xolaga qo‘shilib chiqib, hammani suza ketadi. Undan rosa qo‘rqamiz.

to`liq
20 marta o`qilgan
CHINOR
30 Mart 2012 15:28

Uyimiz oldida kattakon chinor bo‘lib, shoxlari ko‘kka bo‘y cho‘zgan edi. Chinorga in qurgan qushlarning chug‘ur-chug‘urini har kuni zavq bilan tinglardik. Boshqa uyga ko‘chganimiz uchun chinorimiz qarovsiz qoldi. Kech kuzda uyga kelganimizda, qo‘shnimiz Husan aka chiqib, buvamga:

– Chinoringizning shoxlari tomorqamizga soya solyapti. Shuning uchun bu yil tuzukroq hosil ham bo‘lmadi. Uni arralab tashlang, kimga kerak bu hosilsiz daraxt?! – dedi.

Buvam bu gapdan qattiq ranjidilar. Ertasi kuni chinorning qo‘shni tarafga og‘ib qolgan shoxlarini kestirib tashladilar. Lekin Husan akaning bundan ko‘ngillari sira to‘lmadi.

to`liq
28 marta o`qilgan

Xatlar
«FAOL QATNASHDIK»
12 Aprel 2012 11:35

«Men Andijon viloyati, Izboskan tumanidan sizlarga maktub yo‘llayapman», deb yozibdi shu tumandagi 12-maktabning 9-«A» sinfida tahsil olayotgan Zulxumor ABDULLAYEVA.

«To‘rtko‘l qishlog‘ida joylashgan 12-umumta’lim maktabimiz YUNESKO tasarrufida.  Bilim maskanimizda zukko va iste’dodli o‘quvchilar talaygina».

 Yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Yangi avlod» bolalar ijodiyoti festivalida «Farg‘ona ruboiysi», «Tanovar» raqslarini ijro etib, faxrli o‘rinlarni egallashdi. Bu yosh nihollarning oldilariga qo‘ygan maqsadlari ulkan. Biz ularga omad yor bo‘lishini istaymiz.

Xatni Ozoda TURSUNBOYEVA saraladi

to`liq
21 marta o`qilgan
NAVRO‘ZANING SIRI
30 Mart 2012 16:19

«Navro‘z» mahallasida dun­yo­­ga kelgan qizaloqqa ota-onasi yaxshi niyatlar bilan Navro‘za deb ism qo‘yishdi. Qizaloq ulg‘aya borgan sari mehnat­kash, ozoda, saranjom-sarishta, eng asosiysi, tabiatga, gullarga mehr qo‘ydi. U ekkan nihollar tez orada gulga kirdi.

Navro‘zadan ibrat olgan qizaloqlar ham gul ko‘chatlarini eka boshlashdi. Biroq, ularning gullari dugonasinikidek kishiga zavq-shavq bermadi. Shunda ular Navro‘zadan:

– Dugonajon, biz ham sen kabi gullarni parvarish qilishni va atrofdagilarga quvonch ula­shishni istaymiz. Ammo buni sira uddalay olmayapmiz. Bu­ning siri nimada? – deb so‘rash­di.

– Albatta. Har bir ezgu ishning kichkinagina siri bo‘ladi. Bu juda oddiy. Men nihol ekayotgan vaqtimda ko‘z oldimga atirgul-u nastarinlarni, gulsafsar-u sadaray­honlarni keltiraman. Oz fursat o‘tib, aynan mening xayolimga keltirgan gullar barq urib o‘sadi, – deya izoh berdi u.

Dugonalar  Navro‘zaning maslahatiga amal qilishdi. Biroz vaqt o‘tib, ular ekkan barcha nihollar unib-o‘sdi va Navro‘z mahallasi bahor kabi yanada chiroy ochdi.

OLMOS

0 marta o`qilgan